Tumanimiz vakillari Xitoyda

Tumanimiz vakillari Xitoyda

Avval xabar berganimizdek Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, hokimlik vakillari va tadbirkorlardan iborat tuman delegatsiyasi  tumanga yangi investisiyalarni jalb etish va o‘zaro manfaatli savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xitoy davlatida bo‘lib turibdi. 

Tashrif doirasida vakillarimiz Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy ishbilarmon doira vakillarining biznes-muloqotida ishtirok etishdi.

Har ikki tomondan yirik ishlab chiqaruvchi, eksportyor tadbirkor va ishbilarmonlar qatnashyotgan muloqot davomida xitoylik tadbirkorlar bilan tumanimizga bir nechta istiqbolli loyhalar asosida investitsiya kiritilishiga kelishib olindi. 

Xitoyning Shanxay va boshqa yirik shaharlarida muzokaralar davom etyapti.

 


 

 

 

 

 

 

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM