Tumanimiz vakillari Xitoyda transport vositalari ishlab chiqaruvchi korxona rahbari bilan Memorandum imzolashdi

Tumanimiz vakillari Xitoyda transport vositalari ishlab chiqaruvchi korxona rahbari bilan Memorandum imzolashdi

Ayni paytda Xitoy davlatida bo‘lib turgan Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov boshchiligidagi tumanimiz vakillari Xitoyning Guandun provinsiyasi, Dayavan tumani, Xuydju shahrida joylashgan “ZHENZHEN DONGFENG AUTOMOBILE CO., LTD” korxonasida bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 525 nafar ishchi faoliyat yuritayotgan mazkur korxona 1983-yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxonada 20 xil modifikatsiyadagi suv sepish, chiqindi yig‘ish, pres qilish va boshqa turdagi transport vositalari ishlab chiqariladi.
Tashrif davomida korxona rahbari Liu Gang bilan muzokaralar o‘tkazilib, ushbu korxonaning filialini Oqdaryo tumanida ochish masalasi muhokama etildi. Olib borilgan muzokara davomida 100 million  AQSH dollari miqdorida tumanimizga investitsiya kiritish bo‘yicha dastlabki Memorandum imzolandi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM