Oqdaryolik kurashchilar Jahon chempionatida munosib o‘rinlarni egallashdi

Oqdaryolik kurashchilar Jahon chempionatida munosib o‘rinlarni egallashdi

Joriy yilning 16-20 noyabr kunlari Sirdaryo viloyatida sportning “Uch kurash” turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston hamda 15 dan ortiq davlatlardan kurashchilar qatnashdi.

Mazkur musobaqada Oqdaryo tuman sportchilari ham munosib ishtirok etishdi. Jumladan, 72 kg vazn toifasida Oqdaryo tumani O‘zbekiston MFY yoshi Akmal Akramov faxrli 1-o'rinni qo‘lga kiritib g‘olib bo‘ldi. Suningdek, yana bir kuashchimiz mutlaq vaznda Oqdaryo sport maktabi murabbiyi Anvar Xudoyqulov Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Tojikiston, Ruminiya davlatlari vakillarini mag‘lub etib, finalga chiqdi va final baxsida Eron Islom Respublikasi sportchisiga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM