Kam taʼminlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlashdagi mezonlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Kam taʼminlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlashdagi mezonlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli Qaroriga tegishli o‘zgarishlar kiritilishi munosabati bilan Kam taʼminlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlashdagi mezonlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 596-son Qarori asosida o‘quv seminar o‘tkazildi. O‘quv seminari jarayonida Oqdaryo tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i B.Norqulov tomonidan mahalla raislari, xotin-qizlar faollari va tegishli masʼul tashkilot rahbarlariga Qarorning mazmun-mohiyati qo‘llanma materiallar va prezentatsiyalar orqali yoritib berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM