#Oqdaryoda #obod_mahalla_Yangiqo‘rg‘on

Yangiqo‘rg‘onda obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda

Oqdaryo tumanining “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” me’zonlari asosida obodonlashtirish tadbiri olib borilayotgan Yangiqo‘rg‘on mahallasida bugun navbatdagi keng ko‘lamli obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari olib borildi. Xususan, ichki tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish, aholi tomorqalarini qurigan o‘tlardan tozalab, shudgor qilish va to‘qsonbosti ekinlar ekish, tuman SEO va JS bo‘limi xodimlari tomonidan yuqumli kasalliklarni oldini olish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish borasida targ‘ibot ishlari shuningdek, tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan eski simyog‘ochlar o‘rniga o‘rnatilgan beton ustunlarga SIP kabellarini tortish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Obodonlashtirish tadbiri davom etmoqda.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM