#Obod_mahalla #Tadbir_Sport

Yangiqo‘rg‘onda yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

Yangiqo‘rg‘on mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari doirasida, bir qator sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, bugun Yangiqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng  targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan mahalla yoshlari o‘rtasida  sportning badiiy gimnastika, mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, kurash turlaridan sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM