Kitob - ma'rifat o‘chog‘i

Kitob - ma'rifat o‘chog‘i 

Oqdaryo tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan Yangiqo'rg'on mahallasida "Obod mahalla", "Obod ko‘cha", "Obod xonadon" dasturi doirasida "Kitob - tafakkur gulshani" shiori ostida "Kitobxon oila" tadbiri tashkil etildi.
Xalq ta'limi faxriysi Xolbibi Do‘ltayeva xonadonida dam olish kunlari o‘g‘il-u qizlar, nabiralar yig‘ilib, o‘qigan badiiy asarlarini muhokama qilib, fikr almashishi an'anaga aylangan. Xususan bugun, yangiqo‘rg‘onlik qalami o‘tkir ijodkor, o‘nlab shogirdlar ustozi Rustam Aminov oilasi davrasida xotirlandi va she'rlari nabiralari ijrosida tinglandi. 
Kitob - moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi, kelajak yo‘lboshchisi ekanligini aytib, farzandlariga kitob - eng yaqin do‘st bo‘lishini anglatgan marhum shoir Rustam Aminovning yulduzi hech qachon so‘nmaydi!

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM