Obod va xavfsiz mahalla barqarorlik kafolati

 Obod va xavfsiz mahalla barqarorlik kafolati

Oqdaryo tumanida “Jinoyatchilikka qarshi kurash”, “Obod va xavfsiz mahalla”, “Mahalla xavfsizligi uchun hammamiz birgalikda masʼulmiz” mavzularida seminar tadbirlari oʻtkazildi. 

Mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari ishtirok etgan tadbirda Respublika prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi aʼzolari qatnashdi. Jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, mahalla hududini obod va xavfsiz makonga aylantirish yuzasidan maʼruzalar qilindi. Shuningdek, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuz berayotgan noxush holatlarga chek qo‘yish yuzasidan tavsiya va maslahatlar, qo‘shma qaror bilan belgilangan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar bilan aniq javoblar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar olgan bilim-ko‘nikmalarini test sinovi orqali mustahkamlashdi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM