Qabristonlarning obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi

Qabristonlarning obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor rahbari – tuman hokimi Sherzod Qudratov Go‘zalkent mahallasidagi “Jarqishloq” qabristonida hamda Kumushkent mahallasidagi “Kumushkent” qabristonida tegishli mas’ullar ishtirokida obodonlashtirish holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida tuman rahbari mazkur qabristonlarda ham hashar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlarini olib borish va qabriston atrofidagi bo‘sh yerlarga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish borasida mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM