Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor rahbari – tuman hokimi Sherzod Qudratov sektor hududidagi Go‘zalkent mahallasida 33-umumta’lim maktabida hamda Pichoqchi mahallasidagi 51- va 30-umumta’lim maktablarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va obodonlashtirish holati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida tuman rahbari ishtirokida mazkur maktablarning isitish tizimlari sinovdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, maktablarning obodonlashtirish holatiga alohida e’tibor qaratilib, “Yashil makon” loyihasi doirasida bo‘sh yerlarga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish borasida muhim tavsiyalar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM