#obod_mahalla_Yangiqo‘rg‘on

Yangiqo‘rg‘on mahallasida yangiliklar bisyordir

“Obod mahalla – Obod ko‘cha – Obod xonadon”  mezonlari asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan Oqdaryo tumanining Yangiqo‘rg‘on mahallasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan mahalla ahlining ertangi kuni bugungi kunidan yanada farovon bo‘lishi yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahallaning Yangiobod qishlog‘ida 70 dona temir beton ustunlar o‘rnatilib, 3,5km masofada SIP kabellari tortilmoqda. Shuningdek, mahallaning Boybo‘ta qishlog‘ida 85 dona beton ustunlar o‘rnatilib, 3 km masofada SIP kabellari tortilmoqda. 
Bu ishlar o‘z navbatida aholining elektr bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etilishida hamda aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishiga zamin yaratmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM