Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. 

Tuman xokimi o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida “Gender tengligi: ijtimoiy himoya, og‘ir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish” mavzusida so‘z yuritildi.

Tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM