Oqdaryo tuman prokurori ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Oqdaryo tuman prokurori ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan Oqdaryo tuman prokurori Azizbek Vaxabov ishtirokida “Korrupsiyadan holi dunyo, bu borada tumanda olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida tumanda korrupsion holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, joylarda, tashkilotlarda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan berilgan savollariga tuman prokurori tomonidan batafsil javoblar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM