Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirokida “Oqdaryo tumanida mahalliy byudjet imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida  dastlab tuman hokimi mavzu yuzasidan qisqacha axborot berib o‘tdi.

Xususan, umumiy daromadlar rejasiga  2023-yilda 209,4 mlrd.so‘m reja belgilangan bo‘lib, amalda yanvar-oktabr oylarida 162.0 mlrd.so‘m tushumlar tushishi taʼminlanib, yillik rejaga nisbatan 77.4 foizga bajarildi.

Shuningdek, mahalliy byudjet daromadlariga 2023-yilda 100,7 mlrd.so‘m reja belgilangan bo‘lib, amalda 20-oktabr holatida 79,0 mlrd.so‘m tushumlar tushishi taʼminlanib, yillik rejaga nisbatan 78,4 foizga bajarildi.

Bundan tashqari mahalliy byudjet daromadlariga yanvar-sentabr oylarida  belgilangan 68,1 mlrd.so‘m reja amalda 107,0 foizga yoki         4,9 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarilishi taʼminlandi. Yil yakuniga qadar mahalliy byudjet daromadlariga jami 113,1 mlrd.so‘m tushumlar tushishi taʼminlanib, yillik reja qarib 112,3 foizga yoki 12,4 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarilishi kutilmoqda. O‘tgan yilning (2022-yil 82.9 mlrd.so‘mmos davriga nisbatan tushum o‘sishi 136.4 foizni tashkil qiladi.

 

Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM