#Tayinlov

Oqdaryo tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

 
Tuman hokimining tegishli qaroriga ko‘ra Ortiqova Charos Sunnatovna Oqdaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
 
Ch.Ortiqova 1983-yil Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. 2001-2005-yillarda Samarqand davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Ish faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlab, so‘nggi 18 yil davomida Oqdaryo tumanida 9-MTT mudirasi, 34-maktab direktori, Oqdaryo Pedagogika kolleji direktori, Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri va Oqdaryo tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.
 
Charos Ortiqovaning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.
 
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM