#reyd_tadbir

Iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni undirish bo‘yicha reyd tadbiri davom etmoqda

Bugun tuman ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida iste’mol qilingan ichimlik suvidan koʻp miqdorda qarzdorligi mavjud boʻlgan iste’molchilar tarmoqdan oʻzilmoqda.

Hurmatli iste’molchilar!
Iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishingizni soʻraymiz. Eslatib oʻtamiz, tarmoqqa qayta ulanish BHM 2 baravari (660 000 soʻm) ni tashkil qiladi.

Ichimlik suvi uchun to‘lovlarni "Samarqand suv ta'minoti" MCHJ tuman filialiga tashrif buyurgan holda bank kassasiga yoki mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet va h.k ) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM