Oqdaryolik chempion tantanali kutib olindi

Oqdaryolik chempion tantanali kutib olindi

Oqdaryo tumanining Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi Islomjon Bahromov Serbiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha ishtirok etib, bronza medali sovrindori bo‘ldi va “Parij-2024” olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 
Bugun Oqdaryo sport maktabida tuman hokimi Sherzod Qudratov va jamoatchilik vakillari chempionni tantanali kutib olishdi. Yosh sportchi Islomjon Bahromovga hamda ustozi va ota-onasiga viloyat va tuman hokimining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM