Oqdaryoda elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash yo‘lida yana bir qadam

Oqdaryoda elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash yo‘lida yana bir qadam

Oqdaryo tuman aholisiga yetkazib berilayotgan elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash borasida yana bir qulaylikka qo‘l urilmoqda.
Xususan, hozirgi vaqtda tumanning Loyish shaharchasi hududida joylashgan “Loyish” podstansiyasida 26 ta yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ini elektr bilan ta’minlovchi  2 ta 16000 kVali transformatorni 1 tasini 25000 kVali transformatorga almashtirish, rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, podstansiyaning kabel tarmoqlari yangi zamonaviy yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olishga hamda iste’molchilarga sifatli va yuqori quvvatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM