30-maktabda ham kasb-hunarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi

30-maktabda ham kasb-hunarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi

Xabaringiz bor, tumanimizdagi 32-maktabda o‘quvchi-yoshlarni “Hayot maktabi”ga tayyorlash, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha “Oqdaryo tajribasi” yo‘lga qo‘yilib, ommalashtirilmoqda.
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov tumanimizning Pichoqchi mahallasida joylashgan 30-umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur maktabda ham o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha tikuvchilik, ko‘rpa-to‘shak qavish, qandolatchilik, beshik yasash to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish olib bordi. Shuningdek, tuman rahbari ko‘rpa-to‘shak to‘garagini yuritish uchun mahallaning Karki qishlog‘ida faoliyat olib borayotgan tadbirkor N.Boltaboyeva faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM