Naymancha-2 qishlog‘i fuqarolarining murojaati joyida o‘rganildi

Naymancha-2 qishlog‘i fuqarolarining murojaati joyida o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor rahbari tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Yangiobod mahallasi Naymancha-2 qishlog‘i fuqarolarining ichki yo‘lni ta’mirlash masalasidagi murojaatlari bo‘yicha joyiga borib o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida qishloq faollari bilan muloqot qilinib, ko‘chani kengaytirish ya’ni qatnov qismiga o‘zboshimchalik bilan chiqib ketgan qurilishlarni bartaraf borasida kelishib olindi hamda yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM