AMIR TEMUR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TARMOG‘I QURILMOQDA

AMIR TEMUR MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TARMOG‘I QURILMOQDA

Oqdaryo tumanida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash va Davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumandagi Amir Temur mahallasida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 408-sonli qaroriga asosan, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 1 dona yangi transformator punkti, 80 ta temir beton ustuni o‘rnatish hamda 4,6 km. uzunlikda zamonaviy SIP havo tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda. 
Hozirda viloyatimiz hududlari bo‘yicha tarmoqlarni yangilash va modernizasiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM