SEKTOR RAHBARINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI ALISHER NAVOIY MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

SEKTOR RAHBARINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI ALISHER NAVOIY MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiev, tuman bosh imom xatibi N.Islomov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida 2-sektor hududidagi Alisher Navoiy mahallasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida aholi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash, tadbirkorlik qilish uchun kredit olish, yo‘llarni asfalt qilish hamda moddiy yordam olish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM