Mahallalarda iftorlik dasturxoni yozilmoqda

Mahallalarda iftorlik dasturxoni yozilmoqda

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan joylarda ro‘zadorlar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj va daftarlarda turuvchi fuqarolar va ularning oila a’zolari uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

Xususan, bugun tumanimizning 1-sektor hududidagi Bobur, Oqdaryo, Pichoqchi mahallari fuqarolari uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda sektor rahbarlari, imom xatiblar, ro‘zadorlar hamda ehtiyojmand oila a’zolari ishtirok etishdi.

Iftorlik davomida Qur’on tilovat qilinib, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu-baraka, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab, duoga qo‘l ochildi. Dasturxon atrofida kechgan suhbatlar davomida bugun yurtimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida amalga oshiriayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM