#REFERENDUM_2023

Dahbedda bayram

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etyapti. Navbatdagi bayram dasturi 2-sektor hududidagi Dahbed mahallasida o‘tkazildi. Tadbirda yurtimizda hukm surayotgan tinch-osuda muhit, inson qadrini ulug‘lash g‘oyasiga yo‘g‘rilgan islohotlar mohiyati aholiga tushuntirildi. Madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi diltortar taronalar bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM