KONSTITUTSIYA MENIKI, SENIKI...

KONSTITUTSIYA MENIKI, SENIKI...

Bugun 1-sektor hududidagi Zahiriddin Muhammad Bobur mahallasida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda uyushgan va uyushmagan yoshlar, faollar, nuroniylar va turli kasb egalaridan iborat keng jamoatchilik ishtirok etdilar.

Targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Musayev, tuman Kengashi deputati A.Majidov hamda turli soha vakillari Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdilar.

Tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan esa sho‘x kuy-qo‘shiqlar  ijro etildi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM