#Matbuot_anjumani

Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun “Oqdaryo ovozi” tahririyatida Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Alijon Usanov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida bosh vrach A.Usanov tomonidan “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar” mavzusida batafsil ma’lumotlar berildi.
Anjuman davomida OAV vakillari: jurnalist va blogerlar tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sohada amalga oshirilgan yangiliklar, shart-sharoitlar, tibbiy anjomlar, transport masalasi, sohada uchrayotgan muammolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM