Uchastka komissiya a’zolarining huquqiy bilim va malakalari oshirilmoqda

Uchastka komissiya a’zolarining huquqiy bilim va malakalari oshirilmoqda

Bugun Oqdaryo pedagogika kollejida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazishga doir tuman uchastka komissiyalari raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv-seminar treninglar o‘tkazilmoqda. Seminar avvalida tuman hokimi Sh.Qudratov, Toshkent davlat yuridik instituti professori Sh.Ro‘zinazarov, viloyat davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi rahbari X.Nazarovlar hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad va vazifalar haqida tushuncha berib o‘tishdi. 
Seminar-treninglarda biriktirilgan trenerlar tomonidan ishtirokchilarga referendumga tegishli bo‘lgan huquqiy bilim va ko‘nikmalar beriladi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM