Oqdaryoda 8-mart – Xalqaro xotin - qizlar bayrami keng nishonlandi

 Oqdaryoda 8-mart – Xalqaro xotin - qizlar bayrami keng nishonlandi 

 Xalqimiz azal-azaldan go‘zallik timsoli bo‘lgan munis onaxonlar, dilbar opa-singillarimizga alohida hurmat ehtirom ko‘rsatib kelgan.

Mana shunday ehtirom namunasi bugun Oqdaryo tumanida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida yana bir bor namoyon bo‘ldi.
   
Korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, munis onaxonlar, mehnat faxriylari ishtirok etgan bayram tadbiri avvalida tuman hokimi Sherzod Qudratov ayollarimizni go‘zallik va nafosat bayrami bilan qutladi.

Tadbir davomida tumanimiz ravnaqi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh ayollar munosib taqdirlandi hamda barcha xotin-qizlarga bayram sovg‘alari topshirildi.  

Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, raqsga chorladi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM