“Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

“Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Joriy yil 6-mart kuni Oqdaryo tumanidagi Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida  Agrobiologiya hamda Agrobiznes va logistika fakultetlarining talaba qizlari o‘rtasida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktori Sh.Hasanov ochib berib, barcha xotin qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Bellashuvda Agrobiologiya fakultetining “O‘zbegimning shaddod qizlari” hamda Agrobiznes va logistika fakultetining “O‘zbegim zebolari” jamoalari o‘zlarining mahoratlarini namoyish qilishdi. 
Qizg‘in o‘tkan bellashuvda hakamlar hay'ati azolari: Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi bosh mutaxassisi D.Xolmamatov, Bozorjoy MFY raisi N.Ro‘ziyeva, Filial psixologi Z.Alimovalar tomonidan qo‘yilgan baholarga asosan do‘stlik g‘alaba qozondi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM