Oqdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ozod Ilyosovning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida fevral oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

Oqdaryo tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ozod Ilyosovning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida fevral oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

 

Oqdaryo tumaniga 2023-yil fevral oyi uchun byudjet daromadlariga 7,1 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 8,4 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 119,5 foizga (1,4 mlrd. so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Masalan, fevral oyida aylamadan olinadigan solig‘i bo‘yicha 0.5 mlrd. so‘mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 0,7 mlrd. so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 105,4 foizga, jismoniy shaxslar yer solig‘i bo‘yicha 0.6 mlrd.so‘mlik  reja amalda 1.9 mlrd.so‘m (287.5 foiz) ga  bajarilganini ta’kidlash joiz.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 38 ta tadbirkorlik sub’yektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 10 tasiga 89,9 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 27 tasiga soliq qarzini to‘lash muddatini uzaytirish  33 tasiga E-aktiv, 31 tasiga E-ijara, 12 tasiga E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.

Tuman bo‘yicha joriy yil fevral holatiga 720 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada xizmatlar soxasi yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishda 545 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

Telegram messenjeridagi Soliqchi-komakchi  guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, fevral oyida Soliqchi-komakchi   guruhida 48 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi.

 

Ozod Ilyosov,

Oqdaryo tuman soliq

inspeksiyasi boshlig‘i                                                

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM