Aholi salomatligi yo‘lida

Aholi salomatligi yo‘lida

 Ayni kunlarda Oqdaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi nazoratida aholini sanitariya bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha M-37 avtomagistral yo‘li yoqasida joylashgan 417 ta xonadonlarda, 54 ta ijtimoiy obyektlarida targ‘ibot tashviqot ishlari o‘tkazildi. Shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida aholi iste’mol qilayotgan ichimlik suvi sifatini tekshirish uchun mutaxassislar tomonidan kimyoviy va bakteriologik tahlillar uchun suv namunalari olindi.
"Mahallabay" yurish orqali soha xodimlari fuqarolarga ko‘rsatma va tavsiyalar berib, yuqumli kasalliklar bo‘yicha eslatmalar tarqatildi. Shuningdek, hududlarda joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalarida 84 nafar tarbiyalanuvchi bolalardan parazitalogik tahlil uchun surtma tahlillar olindi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM