#Matbuot_anjumani

Oqdaryo tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Mamadiyorova ishtirok etib, “Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni ta’minlash borasidagi ishlar” mavzusida ma'lumot berildi.

Tadbir davomida OAV vakillari: jurnalist va blogerlar soha hamda mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM