RAHBARLARNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI YANGIQISHLOQ MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

RAHBARLARNING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI YANGIQISHLOQ MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Valiyev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev, 3-sektor shtabi a’zolari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda 3-sektor hududidagi “Yangiqishloq” mahallasida aholi muammolarini tizimli hal etish maqsadida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
 Qabul davomida aholi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash, tadbirkorlik qilish uchun kredit olish, yo‘llarni ta’mirlash hamda yangi transformator o‘rnatish  bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM