Oqdaryo tumanida “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida yanvar oyida qanday ishlar amalga oshirildi?

Oqdaryo tumanida “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida yanvar oyida qanday ishlar amalga oshirildi?

Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga “Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida soliq organlari tomonidan izchil ishlar amalga oshirilib kelmoqda.
“Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tumanda 256 ta tadbirkorlik sub’yektlari o‘rganilib, shundan 27 ta tasiga ko‘maklashish zarurligi, 229 tasiga ko‘maklashish zarur emasligi aniqlandi.
Shuningdek, ko‘maklashish zarur bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining 5 tasiga Ye-aktiv bo‘yicha tushuntirish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish, 3 tasi Ye-Ijara bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashash, 5 tasiga SHXVdan nusxa berish, 12 tasiga QQSdan mavjud ortiqcha to‘lovni qaytarishda ko‘maklashish, 2 tasining  mavjud ortiqcha  to‘lov summasini qaytarishda ko‘maklashildi.
Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan  sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2023-yilning yanvar oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 126 nafarni tashkil etdi. 
Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sizlarga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. tuman davlat soliq inspeksiyacida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi xodimlar sizlarga ko‘mak berishga har doim tayyor. O‘zlaringizni qiynayotgan muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib aloqa tarmoqlari orqali bemalol murojaat qilishingiz mumkin. 

 

Ozod Ilyosov,
Oqdaryo tuman davlat soliq
inspeksiyasi boshlig‘i

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM