#Matbuot_anjumani

Oqdaryo tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

 

Bugun "Oqdaryo ovozi" gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jamila Boshmonova ishtirok etib, hududda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, Oqdaryo tumani hududida fuqarolar istiqomat qilayotgan 45 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ushbu uylarning 35 tasi 4 ta xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlariga a’zo hisoblanadi. Qolgan 10 ta uylar hozirda yangi qurilgan uylar bo‘lib quruvchilar tomonidan sinov muddati asosida xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. Hozirgi kunda ushbu shirkatlar faoliyatini tubdan o‘zgartirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2021-yildagi PQ-5152-son “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan ushbu shirkatlar tugatilib, ko‘p qavatli uylar boshqaruvi boshqaruv servis kompaniyalariga o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 2 ta xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati tugatilib, “City hous servis” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tashkil qilingan bo‘lib, 20 ta ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Tumandagi qolgan ko‘p qavatli uy-joylar uchun boshqaruv servis kompaniyasi ochish bo‘yicha e’lon berilgan va xususiy tadbirkor topilgan taqdirda qolgan 2 ta shirkat tugatilib ko‘p qavatli uylarga boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi.

Bugungi kunda tumandagi ko‘p qavatli uylarning eshiklariga temir prujinalar o‘rnatildi, framugalar klyonka bilan qoplandi kuz-qish mavsumida aholi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Ko‘p qavatli uylarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib borilmoqda.

Tadbir davomida OAV vakillari soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM