Pichoqchida davlat xususiy-sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi

Pichoqchida davlat xususiy-sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochildi

 

     Bugun Pichoqchi mahallasi, Pichoqchi qishlog‘ida tadbirkor Aktamxon Kenjayev  tomonidan tashkil etilgan “Pichoqchi tong yulduzchasi” nomli davlat xususiy-sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti ish faoliyatini boshladi. Tashkilot 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 3-7 yoshli mahalladagi bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z bag‘riga qamrab oladi.

        Bolalar bog‘chasining ochilish marosimida tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Ch.Ortiqova hamda  mahalla faollari, ota-onalar  ishtirok etishdi. Tadbir davomida bolajonlarning kuy-qo‘shiqlari, o‘yin kulgilari tadbir ishtirokchilariga yanada zavq bag‘ishladi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM