O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Tumanimizning O‘zbekiston mahallasida Yozuvchilar uyushmasi a’zosi shoira Oygul Mamatova tomonidan grant loyihasi asosida “Xalq kutubxonasi” va "Yosh kitobxonlar amfiteatri" faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar qilgan edik. Bugun ushbu kitobxonlar maskanida “21-oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda Oqdaryo tuman hokimining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maslahatchisi B.Isaxonov, mahalla faollari hamda mahalladagi 26, 27-umumta’lim maktablarining ona taili va adabiyot fani o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ma’rifiy kecha davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan ona tilimiz haqidagi she’r va qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM