"Zakovat"  intellectual o‘yini o‘tkazildi

"Zakovat"  intellektual o‘yini o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 21-o‘rta umumta'lim maktabida 9-11-sinflar o‘rtasida  "Zakovat"  intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur bilimlar bellashuvida 11-sinf o‘quvchilarining "Zukkolar" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Har bir fan o‘qituvchisi tomonidan taqdim etilgan savollar o‘quvchilarni kengroq fikrlab, mushohada qilishga undab borishdi. Ona tili o‘qituvchisi  Umida Abduraimova tomonidan tashkil etilgan ushbu "Zakovat" intellektual o‘yini har bir o‘quvchida bir olam quvonch va taassurot qoldirdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM