MEHNATIDAN BAXT TOPGAN AYOL

MEHNATIDAN BAXT TOPGAN AYOL

O‘ZLIDEP Oqdaryo tuman Kengashi hamda Ayollar qanoti faollari boshchiligida "Bunyodkor ayollar" loyihasi doirasida Bobur mahallasining mehnatkash va zahmatkash ayollaridan biri Gulnora opa Pardayeva xonadoniga tashrif buyurildi. Gulnora opa xonadonidagi yashnab turgan mevalar, hosilga kirgan oziq-ovqat ekinlari har qanday insonni e'tiborini tortib hayratga soladi.
- Aslida mevali daraxt ko‘chatlarini ko'paytirib, undan daromad ko‘rishga odatlanganmiz. Yashirmayman ko‘chat yetishtirishni turmush o'rtog'im, rahmatli Bolijon Rahmonovdan o'rgandim. U kishi bilimdon bog'bon edi. Ikki o‘g‘lim Shoxruxjon va Dilshodjonlar ham ota kasbini davom ettirmoqda. Hozirgi vaqtda 1000 tup shaftoli, 3000 tup yong‘oq daraxti ko‘chatlarini parvarishlamoqdamiz. Tomorqada mehnat qilib undan zavq olamiz - deydi Gulnora opa.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM