YONG‘IN XAVFSIZLIGI  DOLZARB MASALA

YONG‘IN XAVFSIZLIGI  DOLZARB MASALA

 

Oqdaryo tuman FVB xodimlari tomonidan “Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” tadbiri davomida Uchtepa va Avazali mahallalarida, korxona va tashkilotlar hamda ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, uning oldini olish va bartaraf qilish, maishiy gaz ballonlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga qaratilgan profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Unda o‘tgan davr mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar sabablari va oqibatlari keng tahlil etildi.

Xususan, Uchtepa mahallasida elektr tarmoqlaridagi ortiqcha yuklanish oqibatida yong‘in kelib chiqqan, natijada fuqaroga ko’p miqdorda moddiy zarar yrtkazilgan. Yangiravot-2 mahallasida ham xonadonga o‘rnatilgan elektr simlaridagi qisqa tutashuv ana shunday ko‘ngilsizlik ro‘y berishiga sabab bo‘lgan. Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro maishiy chiqindilarni yoqishda ehtiyotsizilgi oqibatida xonadonning molxonasi va unda saqlanayotgan somon g‘aramiga o‘t ketishiga sababchi bo‘lgan. Albatta, bu holatlarning barchasi fuqarolarga nafaqat moddiy zarar, balki og‘ir ruhiy jarohat ham etkazadi. Olov ta’sirida oilaning boshpanasi bilan birgalikda yillar davomida jamg‘argan moddiy boyliklari, zarur hujjatlari ham kuyib, kulga aylanadi.

Tadbir davomida tumandagi mahallalar, mehnat jamoalarida uyushtirilgan tadbirlarda uy-ro‘zg‘or jihozlarini muntazam profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, maishiy chiqindilarni yoqishga yo‘l qo‘ymaslik va xonadonlaridagi maishiy gaz ballonlarni yashash xonadonlari ichiga o’rnatmaslik va nocozlaridan foydalanmaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

Ko‘ngilsiz holatlar keng muhokama etilib, olovdan har doim ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarurligi yana bir bor aytib o‘tildi. Tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslikning oqibatlari to‘g‘risida videolavhalar namoyish etilib, fuqarolarni qiziqtirgan savollarigajavoblar berildi.

 

Oqdaryo tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’ining o’rinbosari kapitan SHohruh Maxmudov  

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM