Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati tanqidiy o‘rganildi

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati tanqidiy o‘rganildi

Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham bir oydan oshiqroq vaqt qoldi. Vaqt esa kutib turmaydi. Shunday ekan tegishli mas’ullar har bir kundan unumli foydalangan holda maktablardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi, ta’mirlash ishlarini jadallashtirib, maktabni yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirishlari zarur.
Bugun tuman hokimi o‘rinbosari S.Luqmonov tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri S.Ortiqova ishtirokida tumandagi 9, 10, 11, 14-umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yuzasida tanqidiy o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida mazkur maktablarning sinf xonalari, sport zallari, isitish tizimi va hojatxonalarini ta’mirlanishi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Maktab deriktorlari va tegishli mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM