#Matbuot_anjumani

Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. 

Tuman hokimi o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Bahodir Jo‘rayev ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida "Tumanning investitsiya va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar" mavzusida so‘z yuritildi.

Tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM