Chigit ekilishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Chigit ekilishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari ishtirokida Qahramon MMTP hududida joylashgan “Ikrom Javohir” fermer xo‘jaligida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish bo‘yicha seminar tashkil etilib, belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi borasida tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida: Joriy yilda tumanda jami 5411 gektar yerga chigit ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 4411 gektariga g‘o‘zaning “Sulton” va “Omad” navlari hamda 1000 gektar maydonga Xitoy davlatidan keltirilayotgan g‘o‘za navlari ekiladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM