Bobur mahallasida aholi tomorqalari holati o‘rganildi

Bobur mahallasida aholi tomorqalari holati o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, tuman prokurori A.Vaxabov hamda 1-sektor hududi Bobur mahallasi faollari va oqsaqollari ishtirokida mahallada aholi tomorqalariga bahorgi ekinlar ekilishi, tomorqa madaniyati hamda tomorqadan unumli foydalanish holati o‘rganilib, targ‘ibot ishlari olib borildi. Mahallaning Mullaqo‘rg‘on qishlog‘ida olib borilgan o‘rganish davomida eng namunali xonadonlar bilan bir qatorda hanuzgacha bahorgi yumushlarga kirishilmagan xonadonlar ham ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahallada Oqdaryo tuman prokurori Azizbek Vaxabov tomonidan sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning kredit, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalardagi murojaatlari qabul qilinib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM