Navbatdagi o‘rganish ishlari Bobur mahallasida olib borilmoqda
Ayni paytda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov hamda Bobur MFY mas’ullari va oqsaqollari ishtirokida mahallada tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish, "Bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida sabzavot mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish borasida xonadonma-xonadon o‘rganish olib borilmoqda. O‘rganish davomida mahalla faollari va tomorqa egalariga muhim tavsiyalar berilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati