DAHBED MAHALLASIDA "PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI" BO'LIB O'TDI
Bugun Dahbed mahallasida joylashgan "Agroinnovatsiya va tadqiqotlar instituti"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oqdaryo tuman prokurori A.Vaxabov yoshlar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, muammo va takliflar yuzasidan murojaatlarni qabul qildi.
Qabul davomida har bir murojaat ro‘yxatga olinib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Shu bilan birga, yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar hamda taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganilib, ijrosini ta'minlash bo‘yicha tashkilotlarga yo‘naltirildi.