Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Ch.Ortiqova hamda mas‘ul tashkilot rahbarlari ishtirokida “Kompleks tarkibidagi sohalar bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yildagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur matbuot anjumani davomida ijtimoy soha kompleksi tashkilotlarining 2023-yildagi amalga oshirilgan ishlari hamda 2024-yildagi ustuvor vazifalari yuzasidan ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati