Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘lida

Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish yo‘lida

 Bugun Oqdaryo tumani Go‘zalkent mahallasida mahalla mas’ullari va faollari, tuman "Nuroniy" jamg‘armasi raisi H.Qarshiyev hamda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ma’sul xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida ijtimoiy xizmatlar qamrovi, mahalla yettiliga yangi qo‘shliyotgan ijtimoiy xodimning vazifalari va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risda yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berildi. Tadbirdan so‘ng "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ma’sullari tumanning Mustaqillik va Turon mahallalaridagi nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olishib, nogironlik aravachalarini yetkazib berishdi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM