NAVBATDAGI SAYYOR QABUL OLCHINTEPA MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL OLCHINTEPA MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

________________________________________
Bugun Oqdaryo tuman 2-sektor hududidagi Olchintepa mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov Mahallalar uyushmasi bo‘lim boshlig‘I Rustam Husanov bilan birgalikda Olchintepa mahallasi fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi. 
Qabulda ichki yo‘l masalasi, kredit ajratish, suyultirilgan tabiiy gaz ballonlarni o‘z vaqtida almashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash, yollarni ta’mirlash singari masalalar yuzasidan  qilingan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM