Koreyalik tadbirkorlar bilan Oqdaryoda yangi loyiha amalga oshiriladi
Oqdaryo tumanining Pichoqchi mahallasida joylashgan “Pichoqchi DRY Fruits” MCHJ bilan Koreyaning “Jeon Buk ABS” kompanyasi o‘rtasida tumanda qiymati 4 million dollarlik Smart Farm (Aqlli Ferma) loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
2024-yilda boshlanishi mo‘ljallangan ushbu loyiha zamonaviy qishloq xo‘jaligi bio laboratorya va yirik quyosh panelli issiqxonalarni o‘z ichiga oladi va o‘ttizdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Loyihani kelgusi 5 yil davomida bosqichma bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati